yosh avlodning Kirill alifbosida yozishi
Bilamizki davlatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng o’zbek tilimizga bo’lgan e’tibor kuchaydi. Shu jumladan maktablarda lotin alifbosida dars o’tila boshladi.
Nega yangi avlodning bir qatlami, asosan 2000-yildan keyin tug’ilganlar kirill alifbosida yozish uslubi bilan ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda faol.
Mukammal bo’lmasada kirillcha yozishga harakat qilishadi.
Bunga sabab nima bo’lishi mumkin? Agar kirill alifbosida yozish insonni yuqoriroq qatlamga mansubdek his qildirsa, bu qanday shakllandi?