u/Cool_Celebration_241

Nega O'zbekistonda O'zbek tilini o'rni yo'q?

Nega O'zbekistonda O'zbek tilini o'rni yo'q?

Salom O'zbek tilini tushunuvchilar! Anchadan beri meni bir savol qiynab keladi, bu O'zbekistonda nomigagina davlat tili hisoblanuvchi O'zbek tilining hech qanday qadr-qiymati yo'qligi.

Toshkentda 53% maktablar Rus tilida

Birinchidan poytaxt hisoblanmish Toshkentda nega 50% dan ortiq maktablar rus tilida? Tarixdan ma'lumkim, bir millatni yo'q qilish uchun uni avallambor tilini yo'qotish kerak, qarabsizki o'z tilini yo'qotgan avlod manqurtlashadi, tarixini, dinini va o'z qadriyatlarini unutadi va yangi o'rgangan tilidagi millatga o'zi mansub bo'lmaganidan achinadi, o'z kelib chiqqan millatdan esa hazar qiladi va past nazar. SSR vaqtida yo'l qo'yilmas edi bir narsa bu SSR hududiga boshqa respublikalarda o'z tilidagi maktablar soni ko'payib ketishiga, ha hozirchi mustaqil bo'ldikmi o'zi? Rus tili o'rgatilishiga umuman qarshi emasman lekin butun maktab rus tilida bo'lishi va 1-11sinfgacha faqat ruscha o'rgatilib o'z tilini unuttirish nechog'lik to'gri? Farzandini ruscha bog'cha yoxud maktabga qo'yish "krutoy" hisoblanishi o'zi jamiyatning tilga bo'lgan munosabatini yaqqol ko'rsatadi SSRda majburan bo'lgan boshqa millatlarni "ruslashtirish" siyosati hozir ixtiyoriy bo'lyaptimi shunda? Balkim Toshkentni ruslar shahri deb hisoblayverarmiz va nomini o'zgartiraylik "Toshkva" yoki "Toskva" deb chunki hamma yerda Ruscha yozuv, yorliq, magazin nomlaridan tortib hattoki joy nomlariga rus tilida ba'zi joylar ruscha (Maksim Gorkiy, Krasnador, Shevchenko ko'chasi masalan, kim bu odamlar nima qildi O'zbekiston yoki O'zSSR uchun?). Qachongacha olib yuramiz eski ruscha nomlarni?

Nega ishda ham rus tili talab qilinadi

Ikkinchidan, nega horijiy tashkilotlar u yerda tursin juda ko'p mahalliy kompaniya va korxonalar rus tilini bilishni qattiq darajada talab qiladi? Kompaniyaning ichki muloqot tili ham, qog'oz-hujjatlar ham rus tilida yuritiladi. Nega hamma davlat o'z hududida o'z tilini talab qilsa ya'ni Fransiyada Fransuzcha, Germaniyada Nemizcha, Rossiyada Ruscha, O'zbekistonda ham Ruscha talab etiladi. Rus tilini bilmagan O'zbeklar qaysi mamlakatga ketsin? O'zimizda o'z tilimizni o'rni bo'lmasa, chet mamlakatdan kutaylikmi endi buni? Qiziq, jihati o'zbek tili bu darajada talab qilinmaydi boshqa millatlardan ularga ming xil imkoniyatlar yaratib beriladi O'zbek tilini bilmasa ham, nega bu imkoniyatlar rus tili bilmagan o'zbekzabonlarga yaratilmaydi!

Faqat rusiyzabonlan ustun

"Yurtimizda 150dan ortiq millatlar ahil-totuv ..." singari siyqasi chiqib ketgan gaplar, yoki "Xalqlar Do'stligi"ga o'xshagan balanparvoz nomlar aslini olganda O'zbekistondagi rusiyzabonlarga qalqon sifatida o'tab kelyapti (36 yildan beri). Chunki nega ko'p millatli yurtda Qozoq, Tojik va Qirg'iz tilidagi maktablar kamda lekin har viloyatda rus tilidagi maktablar 100dan ortiq? Hamma millatlarga teng imkoniyat yarataylik nega faqat rus tiliga mansub bo'lganlarga berilgan bu afzallik? Umrimda biror marta o'zbek tilida gapirgan O'zbekistonda yashayotgan rus millatiga mansub odamni ko'rmaganman? Nega 70 yil O'zbekiston hududida yashasa ham ikki og'iz og'zaki gaplashishni o'rganishmaydi? (Ko'pchiligi, ba'zilar 1%i o'rganadi). Yoki O'zbekiston 1937 yil majburiy ko'chirib keltirilgan Koreyslar, 35 yil o'tib 1972 yillarda ravon rus tilida gaplashishgan ekan. Lekin 1991-yildan 35 yil o'tsa ham umrimda O'zbek tilida gapirgan Koreysni hech ko'rmadim. Mana shuni o'zi ona tilimiz o'z yurtimizda qanchalik kerakmas va xarob ahvolda ekanligini ko'rsatmaydimi?

O'zbek tilini soddalashtirish kerak ekan

Ko'pchilik "russkiy o'zbeklardan" O'zbek tilini o'rganmaslik bahonasini ko'rdimki, ularning nazdida O'zbek tilini "soddlashtirish" kerak ekan! Nima o'zbek tilini unaqada primitiv ibtidoiy qabila tiliday qilaylikmi, ularga oson bo'lishi uchun? Xuddi masalan,

Meniki kelyapti.

Seniki kelyapti.

Uniki kelyapti.

va shunga o'xshagan holda gapirishimiz kerakmi? Unda abstrakt murakkab xis-tuyg'u va tushunchalarni qanday tasvirlaymiz bu yangi "sodda" tilda? Hop, bunday qilgan taqdirimizda ham keyin yana yana "o'shalar" shu narsani bahona qilib "Ha tilingiz juda primitiv ekan, undan ko'ra murakkab his-tuyg'ularni ifoda etib bo'ladigan Rus, Ingliz, Fransuz va boshqa tillarni o'rganganimiz ma'qul" deyishadi!

Nega hamma yerda O'z va Rus (multi-media)

Nega O'zbekistondagi sarlavhalar, joy nomlari, yozuvlar, telegram kanaldagi xabarlar, yoki yangliklar kino, multfilm deyarli hammasi (audio formatda) ikki tilda televizordan uzatiladi. Balkim, shuning uchun O'zbek tili savodxonliligi pastdir, chunki odam zarurat tug'ilsagini nimanidirni (boshqa tilni) o'rganadi. Qiziq nega Rossiya telekanallari shu O'zbekistondan o'rnak olmas ekan, boshqirt, tatar chukcha va boshqa tillardagi audioni qo'yishmaydi, ko'p millatlik xalqku bu federatsiya ham. Balkim unaqa qilishganda rus tili bilish darajasi kamayib ketishini bilishar ular, bizdan farqli o'laroq!?

Xulosa, Munanboy filmida bir ajoyib gap ketadi "Yurt-ku o'zimizniki bo'ldi, ammo undagilar begonalashdi". Nega o'zbek tilini bilish darajasi pastligiga qisqa javob chunki ularga o'zbek tilini bilmasdan bemalol O'zbekistonda yashashga yetarlicha imkoniyat yaratilgan va buning ta'sirida ona tilimiz oyoqosti, rus tilini uncha bilmay faqat o'zbek tilini bilgan odamlar yaxshi joyda ishlolmaydi, xatto yaxshi ish topishi ham amri mahol qilib qo'yilgan. Chet tillarini bilish muhim albatta lekin davlat tili va aholisi 40 million bir millatning tili oyoqosti va o'yinchoqday ko'rilishiga va rus tilini bunchalik haddan tashqari ishxonalarda talab qilinishiga butunlay qarshiman. Afuski bu yozganlarimdan sariq chaqa foyda yo'q, va hech nimani o'zgartirmaydi. Vaziyat keyingi 36 yilda ham o'zgarishiga ishonmayman!

u/Cool_Celebration_241 — 2 days ago

Salom, hech familyanigizdagi ov/ova larni olib tashlash haqida o'ylab ko'rganmisiz? Eshitganmanki bu narsani qilish juda ham murakkab protseduralarni talab etarkan. Internetni shu haqida qidirib ko'glim jindek xira bo'ldi, sababi bu haqida atroflicha muhokamalar yo'qdek tuyuldi. Butun internetda bu haqida 2tagin maqola bo'lishi boshqa nimadan ham darak berishi mumkin?

https://preview.redd.it/jyya8exnmizg1.png?width=1453&format=png&auto=webp&s=a9867b80ca7bf32f0d1e5abfa4ae8d6174b46d97

Bu narsa uncha ahamiyatga emas deyayotgan bo'lishingiz mumkin, ammo adashasiz. Rus millatiga mansub emasmiz, ammo familyada ovni turushi bizni geosiyosiy jihatdan hali-haligacha Rossiyaga qaram ekanimiz ko'rsatadi. Zero E Vohidov aytganidek "Qora sochni Malla bo'lgani shudir". Umid qilardimki, qo'shni Tojikiston va Qozog'iston mamalakatlaridan o'rnak olinsa edi.

reddit.com
u/Cool_Celebration_241 — 9 days ago

Salom hammaga! Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy ishxonalarni "davlat tili"ga bo'lgan munosabatini ko'ramiz.

  1. Yoshlar tele-radiyo kompaniyasi biznes rejasini rus tilida yuritadi, chunki O'zbek tilida yetarlicha so'z yo'q, yoki gaplarni to'g'ri ifodalab bo'lmaydi deb o'ylashsa kerakda!?

https://preview.redd.it/1bzbtsb6d4yg1.png?width=1839&format=png&auto=webp&s=f81211d7f4240687a073bc2c50473da917fddedb

  1. Ucell balkim nomini Rucell deb o'zgartirsa bo'sh ish o'rinlari sahifasi bilan hamohang bo'lardimi balkim, shunday emasmi?

https://preview.redd.it/jxgp3mdfd4yg1.png?width=1686&format=png&auto=webp&s=e52f20597cd0fc3a1e2524f54d5eed9d78655f0b

  1. TBC bank xorijiy bank bo'lgani uchun kechiramiz. Ex mayli rus tili bilmaganimiz bu bizning aybimiz.

https://preview.redd.it/wthczg4yd4yg1.png?width=1866&format=png&auto=webp&s=f332b3c2e239a7cc3383de55de10071eb4aa94d8

  1. Rus tilini balkim HH uz dan kirib mahalliy banklarni ish e'lonlaridan o'rgansam maqsadga muvofiq bo'larmidi?

https://preview.redd.it/8t8zs5wee4yg1.png?width=1620&format=png&auto=webp&s=f734eb69cdb892772744a1dfcc7481cf3b1dda2e

  1. Ko'ngli kam bo'lmasin deb o'zbek tilini yozib qo'yishibdi aslini olganda kerak emas ekan. Shunga ham rahmat yuqorida ko'rdik mahalliy kompaniyalar buni ham qilmaydi, chet el kompaniyasidan yana nimani kutish mumkin edi?

https://preview.redd.it/mjtnaocre4yg1.png?width=1542&format=png&auto=webp&s=fc5412c31cbfd707baed03f278e60ad390191dd2

Xulosa o'rnida; nima ham derdik 35 yil 21-oktyabrni nishonlagan endi nishonlamas edimi. Lekin, davlat tilini bilish sariq chaqa olmasliklari juda ham achinarli holat.

reddit.com
u/Cool_Celebration_241 — 16 days ago